Toshkentda bir kunda yo‘lovchi avtobuslari ishtirokida ikkita YTH sodir bo‘ldi. Avvalroq Yashnobod tumanida 21-sonli avtobus yo‘l o‘rtasida turgan yengil avtomobil bilan to‘qnashgan edi, Mirzo Ulug‘bek tumanida esa qayrilib olmoqchi bo‘lgan 151-sonli avtobusning old qismiga avtomobil urilgan.
Chorshanba kuni tongda Qozog‘istonning Jambil viloyatida yuk mashinasi ikkita yo‘lovchi avtobusi va bitta yengil avtomobil bilan to‘qnashdi, oqibatda ularda yong‘in chiqdi. Natijada avtobusning birida bo‘lgan 31 nafar o‘zbekistonlikdan 3 nafari o‘rta darajada tan jarohati oldi. Ularga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting